OAV: O‘zbekiston Mustaqillik kunidan oldin Tojikiston bilan chegarani yopmaydi
O‘zbekiston Respublikasi hukumati mamlakat Mustaqilligining 27 yillik bayrami nishonlanishi arafasida o‘z chegaradan o‘tish yo‘llarida Tojikiston fuqarolarining o‘tishiga cheklov joriy qilmaydi. Bu haqda Tojikiston kuch tuzilmalaridagi manbasiga tayangan holda «AP» xabar bermoqda.
«Bugungi kunda Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi barcha nazorat o‘tkazish punktlari oddiy rejimda ishlamoqda, fuqarolar qo‘shni davlat hududiga cheklovlarsiz kiritilmoqda», - deya xabar berdi manba.
O‘zbekistonda Mustaqillik kuni 1 sentabrda nishonlanadi.
Avvalgi yillarda O‘zbekiston hukumati mustaqillik bayrami arafasida mamlakatga xorijliklarning kiritilishi bo‘yicha cheklovlar joriy qilgan, O‘zbekistonning tashqi chegaralarida joylashgan nazorat o‘tkazish punktlari esa qo‘shimcha kuch va vositalar bilan kuchaytirilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024