-66 kg vazn toifasidagi özbekistonlik ikki kuraşçi Osiyo öyinlari finaliga yöl oldi.
Bitta vazn ikki sportçi, Ma'ruf Ğaybulloyev va Ruslan Böriyev yarim final janglarida ham ğalaba qozonib, finalga çiqdi.
Dastlab Ruslan Böriyev xitoy taypeyilik Çan Xaoçengga qarşi gilamga çiqib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi. -66 kg vazn toifasining ikkinçi yarim finalida esa Ma'ruf Ğaybulloyev eronlik Ganbari Ganbaralini taslim etdi - 10:0.
Endi Ğaybulloyev va Böriyev finalda özaro bellaşadi. Bu esa Özbekiston delegatsiyasi hisobi bir oltin va bir kumuş medal bilan boyişini anglatadi.

















