Osiyo öyinlarida ilk bor joriy etilgan özbek milliy kuraşi böyiça musobaqalarda 7 vazn toifasida (-52 kg, -63 kg va -78 kg vazn toifalarida ayollar, -66 kg, -81 kg, -90 kg va +90 kg vazn toifalarida erkaklar) medallar öynaldi va bahslarda jami 28 nafar kuraşçi sovrindor böldi.

Özbekiston uşbu musobaqaga 14 nafar polvon bilan taşrif buyurdi va jami 12 medal oldi. 7 oltindan 6tasi özbekistonliklarga tegdi, yana 2 kumuş va 4 bronza olindi. Bu orqali Özbekiston kuraş jamoasi medal jamğariş böyiça Özbekiston delegatsiyasi miqyosida birinçi örinni egalladi, ikkinçi örinni boksçilar band etişdi - 5 oltin, 2 kumuş.

Uşbu sport turi turnirda ilk marta joriy etilgani e'tiborga olingan holda, özbekistonliklar yaqqon ustunlikka ega bölişi kutilgandi. Lekin aytiş kerakki, Özbekistonlik 14 sportçi finalda iştirok etib, oltin va kumuş medallarni bölib olişi kuzatilmadi, -81 kg vazndagi Muso Sobirov çorak finalda, -78 kg vazn toifasidagi Dilroza Bozorova esa nimçorak finaldayoq yutqazib, medalsiz qoldi. Şuningdek, +90 kg vazn toifasidagi Nurbek Törayev yarim finalda eronlik Jafar Pahlavoniyga, -52 kg vazn toifasidagi Oysuluv Abdumajidova yarim finalda hindistonlik Pinski Balharaga, -63 kg vazn toifasidagi Muxlisa Abdumalikova yarim finalda möğulistonlik Bayarbat Basanjargalga, -81 kg vazn toifasidagi Sarvar Şomurodov yarim finalda eronlik Ilyos Ali Akbariga yutqazdi.

-81 kg vazn toifasida finalda Özbekiston vakili bölmadi. Oltin medal eronlik Ilyos Aliga, kumuş medal çorak finalda özbekistonlik Muso Sobirovni, yarim finalda boşqa bir eronlik Omid Taztakni yengib finalga çiqqan tojikistonlik Xöjazoda Behruziga nasib etdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Özbekistonlik 8 kuraşçi finalda qatnaşdi. Kuraş böyiça musobaqalarning ilk kunida -66 kg vazn toifasida Ma'ruf Ğaybulloyev