Farzandingiz muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha zaruriy ko‘nikmalarni olyaptimi? Bloger Larri Kim bunday shaxsiy xislatlar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

Bolalaringiz uchun faqat eng yaxshisini ravo ko‘rasiz.

Tasavvur qiling. Qizingiz yoki o‘g‘lingiz o‘z g‘oyasini ko‘p millionlik biznesga aylantirmoqda va bu jarayondan o‘zi ham ulkan zavq olyapti.

Foto: Depositphotos

YouTube-kanali millionta obunachiga ega, milliardlab marta tomosha qilinib, 1,3 million dollardan ortiq daromad keltiradigan Evan haqida eshitgansiz. Evan bor-yo‘g‘i to‘qqiz yoshda. Bu esa ko‘plab misollardan biri.

Mashhur tadbirkorlarning ko‘pchiligi millionerga aylanganida 20 yoshga ham to‘lmagan.

Farzandingiz ham umidli tadbirkorlardan biriga aylanadimi?

Ba'zida ayrim kishilar aynan shu maqsadda tug‘ilgandek tuyulsa ham ota-onalar farzandlariga yangi Stiv Jobs yoki Elizabet Xolmsga aylanishda yordam beradigan bir necha qimmatli saboqlarni bera olishadi.

Farzandingiz badavlat tadbikor bo‘lmagan, dunyoni o‘zgartirmagan taqdirda ham u o‘zi tanlagan hayot yo‘lida bu ko‘nikmalar unga foydali bo‘ladi.

Bu sakkiz ko‘nikma nimadan iborat? Ota-onalarga farzandlari harakatlarini kuzatish imkonini beruvchi Pumpic ilovasi asoschilari bolaga buyuk yetakchi bo‘lib ulg‘ayishda yordam beradigan xislatlar ro‘yxatini taklif etishdi.

Ruhiy barqarorlik: bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini namoyish etishga ruxsat bering. Ularning hislarini cheklamang.

Innovatsion fikrlash va ijodkorlik: bolalar o‘ynasin – jarayon davomida ular o‘z ijodiy qobiliyatlarini maksimal darajada ishga solishadi.

Qat'iyat: bolalarda mustaqillikni rivojlantiring. Buning uchun ularga vazifalar bering va ularni bajarsa, mukofotlang. Ular uchun namunaga aylaning va vaqtni besamar o‘tkazmang.

Qiziquvchanlik: farzandlaringizni yangi qiziqishlarini rag‘batlantiring. Bir muddat gadjetlardan chalg‘ib, ular bilan muzey, dam olish markazlariga boring.