Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaboblarning kutilmagan xavfi ma'lum qilindi
Foto: RIA Novosti
Oksford universiteti olimlarining aniqlashicha, ko‘mirda tayyorlangan taomlarni tez-tez iste'mol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan erta o‘lim xavfini oshiradi. Bu haqda EurekAlert!’ning matbuot xabarnomasida aytiladi.
Tadqiqotda 30-79 yoshdagi 341 730 nafar xitoylik fuqaro ishtirok etdi. Ko‘ngillilar orasida so‘rovnoma o‘tkazildi, unda ular taomni necha marta tayyorlashi va bunda qaysi yoqilg‘i ishlatishini ma'lum qilishdi. Olimlarni odamlar ko‘mir, o‘tin va pista ko‘mir yoqilishi ta'siriga qanchalik ko‘p uchrashi qiziqtirgan. Yakuniy tanlovga haftasiga bir martadan ko‘p taom tayyorlaydigan va yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmagan ishtirokchilar kiritilgan.
Umuman olganda, ko‘ngillilarning 22,5 foizi oxirgi 30 yil davomida taom tayyorlash uchun qattiq yoqilg‘ini ishlatgan bo‘lsa, 24,6 foizi 10-29 yil davomida buni qilgan, 53 foiz esa - 10 yildan kam yoki umuman hech qachon bundan foydalanmagan. Yurak-qon tomir kasalliklaridan butun kuzatuv davomida 8304 nafar ishtirokchi vafot etdi. Shu bilan birga, ko‘mirda taom tayyorlashning har o‘n yilligi o‘lim xavfining uch foizga oshishi bilan bog‘liq ekani aniqlandi.
Olimlarning ta'kidlashicha, taom tayyorlash uchun elektr yoki gazdan foydalanish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Mavzuga oid
18:04 / 12.02.2026
O‘zbekiston 2025 yilda Tojikiston ko‘mirining deyarli barcha eksport hajmini sotib oldi
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
09:33 / 03.02.2026
Ko‘mir qazib olishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish rejalashtirilmoqda
21:14 / 02.02.2026