Osiyo öyinlarida ilk marta özbek milliy kuraşi böyiça bahslar ötkazilmoqda.

Özbekiston jamoasi musobaqalarda öz iştiroklarini muvaffaqiyatli davom ettirişmoqda.

-66kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Ma'ruf Ğaybulloyev saralaş bosqiçida mezbonlar vakili - Timur Aprilianda Adini 10:0 hisobida mağlub etdi. Nimçorak finalda u filippinlik Lamas Al Rolanni taslim etdi - 10:0.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Ğaybulloyevning çorak finaldagi raqibi turkmanistonlik Marat Örazov böldi. Özbekistonlik sportçi bu raqibni ham 10:0 hisobida mağlub etib, yarim finalga yöl oldi.

Endi uning yarim finalda eronlik Ganbari Ganbaraliga qarşi gilamga çiqadi.

Özbekistonning -66kg vazn toifasidagi yana bir vakili Ruslan Böriyev ham ayni vaqtda yarim finalda.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Saralaş bosqiçida möğulistonlik Basandaş Jargalsayxonni mağlub etgan Böriyev, nimçorak finalda nepallik Tapa Upendrani, çorak finalda afğonistonlik Muhammad Yusuf Şuaybni yengdi va yarim finalga çiqdi. 

Endi u final yöllanmasi uçun xitoy taypeyilik Çan Xaoçengga qarşi gilamga çiqadi.

E'tiborlisi, Özbekistonning -66 kg vazn toifasidagi vakillari Ruslan Böriyev va Ma'ruf Ğaybulloyev yarim finalda ğalaba qozonsa, finalda özaro töqnaş keladi.

+90 kg vazn toifasidagi Nurbek Törayev ham yarim finalga çiqqan.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

U saralaşda livanlik raqibi Fadel Jadni 10:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi va 1/8 finalga yöl olgandi. Nimçorak finalda unga möğulistonlik Bayarsayxon Temulin raqib böldi. Törayev kuçli raqibni ham osonlik bilan mağlub etdi - 10:0.