Indoneziyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida ilk marta özbek milliy kuraşi böyiça bahslar boşlandi.

Bugun Özbekiston jamoasining 6 nafar vakili bahslarga qöşildi. Özbekistonlik kuraşçilardan 4 nafari saralaş bosqiçida iştirokini boşladi va 4 sportçi ham ilk bahslarda ğalaba qozonib, nimçorak finalga çiqdi.

Dastlab gilamga çiqqan, -66kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Ma'ruf Ğaybulloyev mezbonlar vakili - Timur Aprilianda Adini 10:0 hisobida mağlub etdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

-66kg vazn toifasida gilamga çiqqan boşqa bir özbekistonlik sportçi Ruslan Böriyev esa möğulistonlik Jargalsayxonni mağlub etib (1:0), keyingi davraga yöl oldi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

+90 kg vazn toifasidagi Nurbek Törayev ham ilk jangida livanlik raqibi Fadel Jadni 10:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi va 1/8 finalga yöl oldi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Iştirokini saralaşdan boşlagan, -52 kg vazn toifasidagi Gulnora Sulaymonova ham indoneziyalik Maya Sari Sembiringga heç qanday imkoniyat qoldirmadi - 10:0.

Bugun Özbekistonning yana ikki vakili çorak finalda öz iştirokini boşlaydi. Bular -52 kg vazn toifasidagi Oysuluv Abdumajidova hamda +90 kg vazn toifasidagi Muhsin Hisomiddinov. Abdumajidovaning ilk raqibi turkmanistonlik Anastasiya Makayeva böladi, Hisomiddinov ilk bahsni yaponiyalik Tatsumi Kavaguçiga qarşi ötkazadi.