Foto: SSC North America

Amerikaning SSC North America (Shelby SuperCars) kompaniyasi Tuatara giperkarini namoyish etdi. Uning asosiy xususiyati – qudratli motori: ikkita turbinali V8 motori 1750 ot kuchiga ega.

Giperkar nomi Yangi Zelandiyada yashovchi kaltakesak nomidan olingan. «Tuatara» so‘zi maori tilida «yelkadagi taroq» ma'nosini bildiradi. Mashinaning tashqi ko‘rinishi bu ta'rifga mos keladi: eshiklar ortida ikkita qanot, orqa qismida esa aerodinamik suzgichlar joylashgan.

Foto: SSC North America

Shassi va kuzov ugleplastik karkas asosiga qurilgan. Tashqi panellar ham ana shu xomashyodan tayorlangan. Shu sababli mashinaning vazni atigi 1247 kilogrammni tashkil etadi.

Foto: SSC North America
Foto: SSC North America

Dvigatel Los-Anjyelesdagi Nelson Racing Engines atelesida tayyorlangan bo‘lib, ikkita turbina bilan jihozlangan. U oddiy benzinda 1350 ot kuchi, Ye85 benzin-spirt aralashmasida 1750 ot kuchiga teng quvvatga ega bo‘ladi. 

Foto: SSC North America
Foto: SSC North America
Foto: SSC North America

Olti pog‘onali transmissiya Italiyaning Cima firmasiga tegishli. Pagani Zonda, Koenigsegg, Gumpert Apollo kabi superkarlar ana shunday transmissiyaga ega.