Köpçiligimiz uçun tong bir finjon qahva bilan boşlanişi aniq. Içimlik uyğoniş va tetiklanişga yordam beradi, deb hisoblanadi. Axir uyğongandan keyin aynan şu narsa kerak-da. Biroq bu aslida ham şundaymi? Keling, birgalikda oydinlik kiritamiz.
Aslida, köplab olimlar va tadqiqotçilar uyğongaç, darhol qahva içmaslik, uni soat ön ikkiga yaqin iste'mol qilgan ma'qul (tuşlikdan keyin bölsa yana yaxşi) degan fikrni qöllab-quvvatlaşadi. Bu kortizol gormoni bilan boğliq.
Tungi uyqudan keyin uning qondagi miqdori yuqori. Kortizol – nafaqat zöriqiş, balki sirkad suratlari gormoni hamdir. Aynan uning qondagi miqdori biz faol yoki uxlaşni istaşimizni belgilaydi. U faolligimizning tabiiy uyğotuvçisi sanaladi.
Kofein haqiqatan ham tetiklantiradi. Biroq agar qahvani erta tongda içsak, qondagi «tetiklik gormoni» miqdori şusiz ham yuqori bölgan bir paytda organizm kortizol sabab kuçning tabiiy oqimini içimlik tufayli sun'iysiga almaştiradi.
Buning natijasi açinarli. Birinçidan, sizda tobelik rivojlanadi. Çunki taşqi stimulyatorga örgangan organizm kamroq kortizol işlab çiqaradi. Özingizni köproq holsiz his etasiz. Natijada köproq qahva içişni istaysiz. Biroq bu ham samarali bölmaydi. Çunki tez orada organizmingiz ilgarigi kabi qahva stimulyatoriga reaksiya qilmay qöyadi.
Demak, organizmda kortizol yuqori bölgan vaqtni aniqlaymiz. Birinçi oraliq: soat 6 dan 10 gaça. Ikkinçi: 12 dan 14 gaça. Demak, qahva içiş uçun eng yaxşi vaqt: soat 10 dan 12 gaça va 14 dan 17 gaça. Soat 17 dan keyin qahva tungi uyquga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.
Qahva - a'lo darajadagi tabiiy stimulyator. Şunga qaramay, bari öz örnida bölgani ma'qul. Bu içimlikni juda köp içiş (hatto tavsiya etilgan soatlarda ham) salomatlik uçun yaxşi bölmaydi. Albatta, öşa zahoti kuç va tetiklikka ega bölişingiz mumkin. Biroq bu tunda uxlolmay, uyqusizlikdan aziyat çekişga arziydimi?












