Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo öyinlari davom etmoqda.
Özbekiston boks terma jamoasi a'zosi, -64 kg vazn toifasida turnirga kelgan Iqboljon Xoldorov navbatdagi jangini muvaffaqiyatli ötkazib, yarim final bosqiçiga ötdi.
U çorak finalda janubiy koreyalik Lim Hyunsukni 4:0 (30:26, 28:28, 30:26, 29:27, 29:27) hisobida mağlub etdi.





Uning final yöllanmasi uçun raqibi yaponiyalik Daysuki Narimatsu böladi. Yarim final janglari 31 avgust kuni bölib ötadi.
Biroz avvalroq Özbekistonning -49 kg vazn toifasidagi vakili Hasanboy Dösmatov yarim final yöllanmasini qölga kiritgandi.
28 avgust kuni ötkazilgan bahslarda Özbekiston boks jamoasining uç vakili Jasur Latipov (-52 kg), Şunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) öz janglarida ğalaba qozonib, Osiyo öyinlari yarim finaliga çiqqandi.
Bugun çorak final doirasida yana ikki özbekistonlik boksçi öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazadi. - 56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov möğulistonlik sportçi bilan, -75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov eronlik Sayidşahin Musaviy bilan ringga çiqadi.
















