Indoneziyada Osiyo öyinlarida özbek milliy kuraşi böyiça bahslar davom etmoqda.

Özbekiston kuraşçilar jamoasining bugungi bahslardagi 4 nafar vakilidan 3 nafari çorak finalga çiqdi.

-63kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova nimçorak finalda vetnamlik Nguen Ti Tan Tramni mağlub etib keyingi bosqiçga ötdi. U endi yarim final yöllanmasi uçun Xitoy Taypey vakili Li Vantingga qarşi gilamga çiqadi.

Şu vazn toifasidagi Dildor Şermetova afğonistonlik Nafisa Ahmadiga imkoniyat qoldirmadi - 10:0. Şermetovaning keyingi raqibi xitoy taypeyilik Xuang Şinnan böladi.

-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Şomurodov ham çorak finalda. U nimçorak finalda qozoğistonlik Sulton Jonibekdan ustun keldi. Sarvar Şomurodov çorak finalda tojikistonlik Akmal Murodov bilan bellaşadi.

Şu vazn toifasida bahslarga kirişgan Muso Sobirov esa nimçorak finalda tojikistonlik Xojazoda Behruziga yutqazib qöydi va turnirdagi iştirokini yakunladi.