Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni Bekobod şahriga taşrif buyurdi.

Davlat rahbari ötgan yili 18 avgust kuni «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga kelib, uning işlab çiqariş quvvati va moliyaviy-iqtisodiy holatini tubdan yaxşilaş çora-tadbirlarini belgilab bergan edi. Bugun ular bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib, kutilgan natijalarni bermoqda, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
2018 yil 29 avgust kuni kombinatdagi köplab investitsiya loyihalaridan biri - ferroqotişmalar işlab çiqariş sexini işga tuşiriş marosimi böldi. Tadbirda korxona işçilari, soha mutasaddilari, xorijlik investorlar iştirok etdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev loyiha qiymati 60 million dollar bölgan, zamonaviy, energiya tejovçi va ilğor texnologiyalar bilan jihozlangan yangi ferroqotişmalar sexini tantanali ravişda işga tuşirdi.


Uşbu yangi sex Janubiy Koreyaning “Posco Daewoo” kompaniyasi iştirokida qurilgan bölib, jami 25 ming tonna ferrosilitsiy va ferrosilikomarganets qotişmalari işlab çiqaradi. Bu metall mahsulotlar tayyorlaydigan tarmoqlar talabini töliq qondiriş bilan birga, yiliga örtaça 8 ming tonna ferroqotişmani eksport qiliş va 12 million dollar miqdoridagi valyuta tuşumini ta'minlaş, importni qisqartiriş imkoniyatini yaratadi.
Uşbu yangi sexga öquv yurtlarini bitirayotgan va zamonaviy texnologiyalarni çuqur özlaştirgan 330 nafar yigit-qiz işga qabul qilinadi.
Şavkat Mirziyoyev yangi sexning texnologik jarayonini közdan keçirdi. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan suhbatlaşdi. «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining investitsiya dasturiga oid taqdimotlar bilan tanişdi.
Kombinat rahbariyati va mutasaddilarga yangi investitsiya loyihalarini bajariş hisobiga bunday korxonalarni köpaytiriş, qöşimça iş örinlari yaratib, aholi bandligi darajasini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

















