Toşkent şahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, şu yil 29 iyun kuni noma'lum şaxslar Çilonzor 11-dahasida bezorilik oqibatida L.K. ismli ayolning yuziga kislota suyuqligini sepib yuborib, jarohat yetkazib, voqea joyidan yaşiringan. L.K. kasalxonaga yotqizilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Olmazor tumanida yaşovçi N.A., Ş.N., D.A. va H.A. sodir etganliklari aniqlanib, qölga olingan.













