Osiyo öyinlarining 29 avgust kungi bahslarida yengil atletikaning balandlikka sakraş böyiça sovrindor bölgan sportçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston terma jamoasi bu yönalişda biratöla 2ta medal olgandi - oltin medal uçun kuraş Özbekiston yengil atletika terma jamoasi a'zolari Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova örtasida keçib, tajribaliroq Radzivil ustun kelgan, u 196 santimetrlik natija bilan Osiyo öyinlari rekordini yangilagan holda uçinçi bor Osiyo öyinlari ğolibiga aylangandi.
Nadiya Dusanova 1,94 metrlik natijani qayd etib, özining şaxsiy rekordini yangilagan holda kumuş medalni öziniki qildi. Uçinçi örinni 1,84 m natijasida töxtagan qozoğistonlik Nadejda Dubrovskaya egalladi.
Çempionlarga medallarni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi rahbari Umid Ahmadjonov topşirdi.

























