5 avgust kuni Yozgi Olimpiadaning ön uçinçi kungi bahslari ötkaziladi. Bahslarda yana 8 nafar özbekistonlik sportçi iştirok etadi.

Yengil atletikaçilar Svetlana Radzivil va Safina Sadullayeva ham bahslarga qöşiladi, Yekaterina Voronina yettikuraş böyiça iştirokini davom ettiradi.

Erkin kuraş jamoasining 74 kg vazn toifasidagi vakili, ikki karra Osiyo çempioni, ikki karra Osiyo öyinlari ğolibi, jahon çempionatlarida ikki karra bronza medal sohibi bölgan Bekzod Abdurahmonov ham kuraşga qöşiladi. Uning dastlabki raqibi puerto rikolik Franklin Gomes böladi.

Bundan taşqari, 4 avgust kungi bellaşuvlarda yarimfinalga yetib bora olmagan yana ikki kuraşçi - Ğulomjon Abdullayev  (-57 kg) va Javrail Şapiyev (-86 kg) bronza medal uçun ötiş bahslarida iştirok etişadi.

Quyida özbekistonlik sportçilarning kun taqvimi keltiriladi:

5:10. Yengil atletika. Balandlikka sakraş. A saralaş guruhi. Safina Sadullayeva, B saralaş guruhi
5:10. Yengil atletika. Balandlikka sakraş. B saralaş guruhi Svetlana Radzivil.
5:40. Yengil atletika. Yettikuraş. Uzunlikka sakraş. Yekaterina Voronina.
9:40. Yengil atletika. Yettikuraş. Nayza uloqtiriş. Yekaterina Voronina.

7:00. Erkin kuraş. -57 kg vaznda Ğulomjon Abdullayev bronza medal uçun ötiş bahsida AQŞlik Tomas Gilmanga qarşi.
7:20. Erkin kuraş. -86 kg vaznda Javrail Şapiyev bronza medal uçun ötiş bahsida şveysariyalik Stefan Rayxmutga qarşi.
8:10.Erkin kuraş. -74 kg vaznda Bekzod Abdurahmonov nimçorak finalda puerto rikolik Franklin Gomesga qarşi.

9:00. Zamonaviy beşkuraş. Qiliçbozlik yönalişi. Ayollar. Alise Faxrutdinova
12:30. Zamonaviy beşkuraş. Qiliçbozlik yönalişi. Erkaklar. Aleksandr Savkin.