Yengil atletika böyiça Özbekiston jamoasi a’zolari Safina Sa’dullayeva va Svetlana Radzivil balandlikka sakraş dasturida medallar uçun kuraş olib borişdi. 

13 sportçi qatnaşgan bellaşuvda iştirokçilarning yarmidan ortiği 1,80 m balandlikkaça yetib kela olmadi.

1,83 m balandlik tösiğidan keyin faqat tört sportçi - ikki özbekistonlik va ikki qozoğistonlik atletikaçilar qolişdi.

Qozoğiston vakili Kristina Ovçinnikova 1.86 tösiğidan öta olmadi.

Natijada Safina Sadullayeva, Svetlana Radzivil va Nadejda Dubrovskaya bahslar yakunlanmasidan özlari uçun medallarni naqd qilişdi. Endi masala kim qaysi medalga ega bölişida qolgandi. Yakunda uşbu atletikaçilarning heç biri uç urinişda ham 1.89 metr balandlikdan öta olmadi, lekin oltin va kumuş medallar Özbekiston vakillariga nasib etdi. Balandlikdan birinçi bölib ötgani evaziga özbekistonlik sportçilar şohsupadagi yuqori örinlarni egallaşdi.

Eslatib ötamiz, 2018 yil Jakartada ötkazilgan oldingi Osiyo öyinlarida ham uşbu sport turi böyiça oltin va kumuş medallarni Özbekiston vakillari - Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dösanova qölga kiritgandi. Öşanda ham Nadejda Dubrovskayaga uçinçi örinda qolib ketgandi.

Ayni vaqtda 36 yoşda bölgan Radzivil jami uç karra Osiyo öyinlari ğolibi sanaladi, u Jakarta-2018 turnirigaça yana ikki Osiyo öyinlarida, Guançjou-2010 va Inçeon-2014 öyinlarida tengsiz bölgandi. Unga oltin medallar taqdim etgan natijasi va turnirdagi şaxsiy rekordi 1.96 metr natijasi hisoblanadi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 14 taga, kumuş medallar soni 15 taga yetdi. Ayni vaqtda Özbekiston jami 50 ta medal bilan umumiy reytingda Hindistondan faqat kumuş medallar soni kamligi tufayli ortda qolib, 5-örinda bormoqda.