Osiyo öyinlari kundaligi. Balandlikka sakraşdagi qöşhokimlik, marradagi yiqiliş va Jalolovning nokauti
|01:42 / 04.10.202329 5539 min
Özbekiston vakillari kun davomida 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 3 ta bronza qölga kiritişdi, delegatsiya hisobidagi jami medallar soni 50 taga yetdi.
Foto: Milliy olimpiya qömitasiFoto: Milliy olimpiya qömitasi
3 oktyabr kuni kuni Hangjou şahrida XIX yozgi Osiyo öyinlari doirasida navbatdagi bellaşuvlar bölib ötdi. Kun davomida Özbekiston delegatsiyasi vakillari 10 ta sport turida iştirok etdi. Xususan, baydarka va kanoeda eşkak eşiş, yengil atletika, velosport turlarida medallar uçun kuraş olib borildi.
Kun yakuniga kelib Özbekiston nomiga yana 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 3 ta bronza medallar qöşib qöyildi.
Veloşosse
Veloşossening şaxsiy poyga dasturida iştirok etgan Özbekiston jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya oltin medalni qölga kiritdi. 18.3 km masofaga keçgan poygada u 24:36.99 daqiqa natija körsatdi - marraga ikkinçi bölib yetib kelgan yaponiyalik Yeri Yonamine 59,60 soniyaga ortda qoldi, uçinçi örinni qozoğistonlik Rinata Sultanova egalladi.
Erkaklar örtasidagi poygada iştirok etgan Aleksey Fomovskiy esa marraga oltinçi bölib yetib keldi. Bu poygada oltin medalni qozoğistonlik Aleksey Lutsenko qölga kiritdi.
Zabelinskaya 4 oktyabr kuni ham ayollar örtasidagi yöl poygasi dasturida medal uçun bahslarda qatnaşadi. Bu poygada Özbekistondan yana bir vakil - Yanina Kuskova ham bor.
Eşkak eşiş
Baydarka va kanoeda eşkak eşiş jamoasi vakillari bugun ham 6 ta dasturda medallar uçun bellaşişdi va şundan 4 tasida sovrindor bölişdi.
Dastlab kanoeda 200 metr masofaga poygada Şohsanam Şerzodova Xitoy, Tailand va Qozoğiston vakillaridan keyin marraga törtinçi bölib yetib keldi.
Baydarkada 500 metr masofaga poygada esa Madinaxon Aşrafxonova yettinçi örinni egalladi.
1000 metrga kanoeçi yigitlar örtasida keçgan poygada Şohmurod Xolmurodov hamda Nurislom Töxtasin öğli juftligi raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirib, marra çiziğini birinçi bölib kesib ötdi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni Qozoğiston va Hindiston vakillari egalladi.
Nurislom 2018 yilgi Osiyo öyinlarida bronza medaliga ega çiqqandi, bu safar esa şerigi bilan oltin medalni qölga kiritdi.
Baydarkada eşkak eşiş böyiça Özbekiston ayollar jamoasi yana bir medal qölga kiritdi.
500 metrga keçgan dasturda Şahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmişeva, Yekaterina Şubina hamda Yuliya Borzova kvarteti marra çiziğini uçinçi bölib kesib ötdi va bronza medaliga sazovor böldi. Birinçi va ikkinçi örinlar Xitoy va Koreyaga nasib etdi.
Baydarka va kanoeda eşkak eşiş bahslarining sönggi startida ham Özbekiston jamoasi medalga ega çiqdi. Unda ayollar örtasida 200 metrga kanoeda eşkak eşiş böyiça juftlik bahslari bölib ötdi. Mazkur dasturda startga çiqqan Şohsanam Şerzodova va Nilufar Zokirova juftligi bronza medalini qölga kiritdi.
Sportçilar bu natija uçun şu qadar jahd bilan harakat qilişdiki, marraga yetib kelinganida ulardan biri suvga qulab tuşdi.
Şu tariqa, baydarka va kanoeda eşkak eşiş bahslar yakunlandi. Musobaqa davomida özbekistonlik eşkakçilar 1 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza, jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida uçinçi örinni qölga kiritişdi.
Kamondan otiş
Kamondan otiş böyiça Özbekiston jamoasi a’zosi Amirxon Sodiqov Osiyo öyinlaridagi iştirokini tugatdi. Çorak finalda janubiy koreyalik Vuseok Li bilan bahs olib borgan sportçi 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 1 oktyabr kuni saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan Amirxon Sodiqov 2 oktyabr kuni nimçorakfinalda viyetnamlik raqibini 7:3 hisobida mağlub etgandi.
Trampolin
Trampolinda sakraş böyiça Özbekiston jamoasi a’zosi Mirşohid Hasanboyev Osiyo öyinlarining finaliga çiqdi. U saralaşda 56.400 ball jamğarib, beşinçi natija körsatgandi. Medallar uçun bahsda esa 53.220 ball bilan törtinçi böldi.
Futbol
Osiyo öyinlarida debyut iştirokini ötkazayotgan futbol böyiça Özbekiston ayollar jamoasi yarimfinalda qaqşatqiç mağlubiyatga uçradi. Uşbu bosqiçda jahonning kuçli jamoalaridan biri KXDRga qarşi bahs olib borgan Özbekiston vakillari 0:8 hisobida imkoniyatni boy berişdi.
Endi jamoa Xitoy va Yaponiya juftligida mağlub bölgan jamoa bilan 6 oktyabr kuni bronza medali uçun maydonga çiqadi.
Suvga sakraş
3 metrdan suvga sakraş böyiça bugungi bahslarda Vyaçeslav Kaçanov hamda Igor Myalin saralaş bosqiçidan ötişgandi. Ammo final bosqiçida Kaçanov 370.50 ball bilan 6, Myalin 301.25 ball bilan 11-örinni egalladi. Ğoliblik 542.30 ball töplagan xitoylik Vang Jongyanga nasib etdi, ikkinçi örinni ham xitoylik sportçi egalladi, Janubiy Koreya vakili bronza medal oldi.
Şaxmat
Jamoaviy dasturda iştirok etayotgan şaxmatçilar bugun beşinçi tur uçraşuvlarini ötkazişdi. Yigitlar jamoasi Xitoy vakillari bilan 2:2 hisobi qayd etdi, ayollar jamoasi Hongkong vakillarini 4:0 hisobida mağlub etişdi.
Bungaça yigitlar jamoasi 1-turda Qirğizistonni 3:1 hisobida yenggan, 2-turda Hindiston vakillari bilan 2:2 öynagan, 3-turda Viyetnam vakillarini 3:1 hisobida mağlub etişgan, 4-turda Eronga 1.5-2.5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Hozirça jamoa hisobida 11,5 oçko jamğarilgan.
Qizlar jamoasi esa dastlabki turlarda Xitoy va Filippinga qarşi bahslarda 2:2 öynaşgan, 3-turda viyetnamliklarga 1,5-2-5 hisobida yutqazgan, 4-turda Janubiy Koreya vakillarini mağlubiyatga uçratişgandi - 4:0. Hozirça jamoa hisobida 13,5 oçko jamğarilgan.
4 oktyabr kuni, 6-tur doirasida yigitlar jamoasi Möğuliston, qizlar jamoasi Hindiston vakillariga qarşi dona suradi.
Yengil atletika
Balandlikka sakraş böyiça bahslarda eng yuqori ikki örin ham özbekistonliklarga nasib qildi.
Tokio Olimpiadasi iştirokçisi Safina Sa’dullayeva va Osiyo öyinlarining uç karra ğolibi Svetlana Radzivil 1.86 metr balandlikdan ötib, mos ravişda oltin va kumuş medallarni qölga kiritdi. Kuçli uçlikni qozoğistonlik Nadejda Dubrovskaya yakunlab berdi. Uşbu uç yengil atletikaçi ham bir xil natija qayd etdi, ammo balandlikdan birinçi bölib ötgani evaziga özbekistonlik sportçilar şohsupadagi yuqori örinlarni egallaşdi.
Boks
Boks böyiça Özbekiston ayollar jamoasi a’zosi Nigina Öktamova turnirda bronza medal bilan kifoyalandi. -54 kg vazn toifasi vakili bölgan Öktamova nimçorak finalda filippinlik Magno Irişni, çorakfinalda yaponiyalik Rinka Kinoşitani mağlub etgandi, ammo yarimfinalda KXDR vakili, jahon çempioni Çolmi Pang bilan bahs olib borib, imkoniyatni boy berib qöydi va Osiyo öyinlarini bronza medal hamda Parij-2024 Olimpiadasining yöllanmasi bilan yakunladi.
Ma’lumot uçun, ayni vaqtda 20 yoşda bölgan Nigina Öktamova 2021 yil Polşadagi turnirda ğolib bölib, özbekistonlik ayol boksçilar orasida ilk jahon çempioni bölgan, 2022 yil Dubaydagi yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida, 2023 yil Dehlidagi jahon çempionatida ham ğolib çiqqandi.
Boks böyiça Rio-2016 Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov ğalabali yurişini davom ettirmoqda. -51 kg vazn toifasida iştirok etayotgan sportçi çorakfinalda pokistonlik Zohayb Raşidni musobaqadan çiqarib yubordi (5:0).
Hasanboy Dösmatov uçun bu turnirdagi uçinçi jangi böldi. Bungaça u janubiy koreyalik Jo Seheong (5:0) hamda qozoğistonlik Saken Bibossinovni (4:1) mağlub etgandi. Dösmatov yarimfinalga çiqiş orqali amalda musobaqa medalini naqd qildi. U 4 oktyabr kuni final uçun yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarşi jang qiladi.
-57 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Abdumalik Xalokov ham yarimfinal yöllanmasini qölga kiritdi.
U çorakfinalda Tokio-2020 Olimpiadasi finalçisi, filippinlik Karlo Palamni musobaqadan çiqarib yubordi (5:0) va özi uçun şohsupadan joy naqd qildi. U oldingi bosqiçlarda taypeylik Çeng Vey Li (5:0) hamda viyetnamlik Van Duong Nguyeng tösiğidan ötgandi.
Tokio-2020 Olimpiadasi çempioni Bahodir Jalolov Osiyo öyinlari finaliga yöl oldi. Eng oğir vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Jalolov yarimfinalda xitoylik Bayikevuzi Danabiyekeni 1-raundning ilk daqiqasidayoq nokaut bilan mağlubiyatga uçratişga erişdi. Bu orqali u Parij-2024 Olimpiadasi yöllanmasini ham hal qildi, bu uning faoliyatidagi uçinçi Olimpiada böladi.
Jalolov turnirdagi birinçi jangida ham tojikistonlik Muhammad Abrordinovni nokautga uçratgandi. U endi 5 oktyabr kuni azaliy raqibi, qozoğistonlik Qamçibek Qönqaboyevga qarşi oltin medal uçun jang qiladi.
***
Kun yakunlariga köra, Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 14 taga, kumuş medallar soni 15 taga, bronza medallar soni 21 taga yetdi. Ayni vaqtda Özbekiston jami 50 ta medal bilan umumiy reytingda Hindistondan keyingi 5-örinda bormoqda.