Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida yangi sement zavodi ishga tushdi
Foto: Oq oltin kapital servis
O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan 29 avgust kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida “Oq oltin kapital servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 33 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan sement zavodi foydalanishga topshirildi.
Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 300 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, korxonada 120 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi.
Obektning ochilish marosimida Navoiy viloyat hokimi Q.Tursunov, viloyat prokurori X.Karimov hamda tuman hokimi Sh.Nabiyevlar ishtirok etib, barchani bayram bilan qutlar ekan, yangi zavod voha sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.
Qayd etish kerak, korxonani barpo etish loyihasi 2016 yilda boshlangan bo‘lib, o‘tgan davrda zavod hududiga eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, 3 ta sex tashkil etildi.
Endilikda bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
22:54 / 30.03.2026
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
12:17 / 13.03.2026