Özbekiston boks jamoasining yana bir vakili Osiyo öyinlarining finaliga yöl oldi.

-56 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilovning yarim finaldagi raqibi mezbon mamlakat sportçisi Amoragam Sunan Agung böldi.

3 raund yakuniga köra hakamlar Mirzaxalilovning 5:0 (29:28, 30:27, 30:26, 30:26, 29:27) hisobidagi ğalabasini qayd etişdi.

Uning finaldagi raqibi şimoliy koreyalik Jo Xyo Nam böladi. U yarim finaldan jangsiz ötdi, uning raqibi xitoylik Xu Boxiangga texnik mağlubiyat yozildi.

Şu tariqa, Osiyo öyinlari finalida oltin medal uçun jang qiladigan özbekisonlik boksçilar soni 5 nafarga yetdi. Bungaça -49 kg vazn toifasidagi Hasanboy Dösmatov, -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -60 kg vazn toifasidagi Şunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yöllanmasini qölga kiritişgandi.