Jahon | 11:23 / 31.08.2018
6866
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada «saylovlarga aralashish» bo‘yicha tarmoq fosh etildi. Rossiya maxsus xizmatlari ayblanmoqda

Foto: RIA Novosti

Ukraina Xavfsizlik xizmati Dnepropetrovsk oblastida «tashviqotchilar» tarmog‘ini fosh qildi. Ular Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasiga ko‘ra Ukrainadagi saylovoldi kampaniyasiga aralashishga uringan. Bu haqda mahkama saytida xabar berildi.

Ukraina kuch tuzilmalari vakillarining versiyasiga ko‘ra, guruh oldiga «ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining jamoatchilik fikrini o‘zgartirish orqali prezidentlik saylovi jarayoniga ta'sir o‘tkazish uchun platsdarm tayyorlash» vazifasi qo‘yilgan.

Yangilikka isbot sifatida videorolik taqdim etilgan, unda yuzlari yopiq va ovozlari o‘zgartirilgan uch erkak Rossiya maxsus xizmatlariga ishlashini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Poroshenko «Moskvaning qisqichlari» haqida gapirib bergandi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyani ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakatdagi saylovlarga aralashishda ayblagan. «Moskvaning qisqichlari ijtimoiy tarmoqlarda juda kuchli tarzda joylashtirilgan, alohida axborot vositalarini, kibermakonda nazorat qiladi... Hozirning o‘zidayoq yetakchi IT-kompaniyalar Rossiya ildizlari bilan chirmab olingan minglab, o‘n minglab soxta akkauntlarni qayd etmoqda. Rossiya yangi, o‘ta kuchli manipulyatsion kampaniyaga tayyorlanmoqda - fake news, barqarorlikka putur yetkazish», - deya ma'lum qilgan Poroshenko.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid