Özbekiston boks jamoasining oltinçi vakili ham Osiyo öyinlarining finalida jang qiladi.

-64 kg vazn toifasidagi Iqboljon Xoldorov yarim finalda yaponiyalik Daysuki Narimatsuga qarşi ringga kötarilib, 5:0 (30:28, 30:27, 29:28, 30:27, 29:28) hisobida ğalaba qozondi.
U endi finalda Çinzorig Batarsuk (Möğuliston) bilan oltin medal uçun ringga kötariladi.

Qayd etiş kerakki, Özbekiston boksçilari yöqotişlarsiz finalga çiqişmoqda. Bungaça Hasanboy Dösmatov (-49 kg), Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg), Şunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) ham final yöllanmasini hal qilişgandi.
Endi oldinda -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov filippinlik Marsial Feliksga qarşi final uçun jang qiladi.
Şu tariqa, Osiyo öyinlari finalida oltin medal uçun jang qiladigan özbekisonlik boksçilar soni 6 nafarga yetdi. Bungaça -49 kg vazn toifasidagi Hasanboy Dösmatov, -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -56 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov, -60 kg vazn toifasidagi Şunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yöllanmasini qölga kiritişgandi.
















