Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Zarubejneft” mutaxassislari bilan hamkorlikni boshladi
“O‘zbekneftgaz” AJ Rossiyaning “Zarubejneft” AJ bilan O‘zbekistonning uzoq muddatli konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga kirishdi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu maqsadda joriy yilning 27-30 avgust kunlari “Zarubejneft” AJning bir guruh mutaxassislari (geologiya, geofizika va konlarni rivojlantirish bo‘yicha) O‘zbekistonda bo‘ldilar. Ular “Andijonneft” AJ mutaxassislari bilan birgalikda Xartum, Bo‘ston, Janubiy Alamishik, Namangan, Tergachi va Sho‘rbuloq konlarida neft qazib olishni ko‘paytirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdilar.
Jumladan, qo‘shma guruh joylarda tahlil uchun materiallarni yig‘ib oldi.
O‘rganish davomida turli texnologiyalar ko‘rib chiqildi, ular orasida elektr markazdan qochirma nasoslarni tushirish va quduqlarda ta'mirlash ishlarining samaradorligini oshirish kabilar.
Ushbu hamkorlik “O‘zbekneftgaz” AJ va “Zarubejneft” AJ o‘rtasida neft va gaz sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha joriy yilning 30 iyun kuni imzolangan Anglashuv Memorandumiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Hujjatga muvofiq, tomonlar qo‘shma guruh tashkil etganlar va ikki kompaniya mutaxassislari ishtirokida qo‘shma tadqiqot ishlari boshlab yuborganlar.
Aytib o‘tish joiz, “Zarubejneft” AJ Rossiyaning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan barqaror rivojlanayotgan neft va gaz kompaniyasidir. Bu kompaniyaning tashqi iqtisodiy faoliyatda tajribasi ulkan.
Kompaniyaning asosiy maqsadi – Rossiya va chet davlatlarda mavjud neft va gaz konlarini ekspluatatsiya qilish va bunda uglevodorod resurslarini maksimal darajada samarali va kompleks ravishda qazib olishni ta'minlashdir.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026