Tan olinmagan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarçenko Donetsk markazida röy bergan portlaş oqibatida halok böldi.

«Interfaks» manbasi ma'lumotiga köra, Zaxarçenko Donetskdagi Puşkin köçasida, öz qarorgohidan bir neça yuz metr masofada joylaşgan «Separ» kafesidagi portlaşda ölimga olib keluvçi jarohat olgan va şifoxonaga olib borilgaç, jon bergan.

Portlaş vaqtida yana 3 kişi jarohatlangan, ulardan biri DXRning daromadlar va soliqlar böyiça vaziri Aleksandr Timofeyev bölib, u ayni vaqtda şifoxonaga joylaştirilgan. Ikki jabrlanuvçining şaxsi hozirça ma'lum emas.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Zaxarçenko suiqasd qurboni bölgan. «Interfaks» ma'lumotiga köra, unga suiqasd uyuştirganlikda gumonlangan bir neça şaxs qölga olingan. 

Zaxarçenko 42 yoşda edi. 

U 2014 yil avgustidan buyon DXR ministrlar kengaşiga rahbarlik qilib kelayotgandi. U bu lavozimda Aleksandr Borodayni almaştirgan. U öşa yilning noyabrida respublika rahbarligi uçun saylovlarda ğalaba qozonib, şu kungaça şu lavozimda qolayotgandi.