Özbekiston boks jamoasi Osiyo öyinlarida ikkinçi oltin medalni rasmiylaştirdi.

-56 kg vazn toifasidagi final jangida Miraziz Mirzaxalilov şimoliy koreyalik Jo Xyo Namga qarşi çiqdi.

Mirzaxalilov 3-raundda raqibni tang ahvolga solib qöydi va şimoliy koreyalik boksçi jangni davom ettira olmadi, referi texnik nokaut qayd etdi. Şu paytgaça töplangan ballar böyiça özbekistonlik sportçi ğolib deb topildi - 19:19, 19:19, 20:18, 19:19, 19:19.

Mirzaxalilov Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.

Bu Özbekiston boks jamoasining ikkinçi oltin medali böldi va Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi oltin medallari soni 17taga yetdi.

Oldinda yana 4 nafar özbekistonlik boksçi ringga çiqadi:
-60kg: Şunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Möğuliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Çinzorig Baatarsux (Möğuliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Şimbergenov (Qozoğiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozoğiston)