Osiyo öyinlari çempioniga aylangan boksçi Iqboljon Xoldorov taqdirlaş marosimidan söng Kun.uz muxbiriga intervyu berdi.

«Xudoga şukr, boksda hammasi juda çiroyli ötdi. Yetti nafar boksçimizdan hammamiz finalga yetib keldik. Bu ğalabalarimizni prezidentimizga, Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga bağişlaymiz. Öylaymanki, bu muvaffaqiyatlarimiz Özbekiston bayram uçun yaxşi sovğa böladi.
Umuman olganda, Osiyo öyinlari kiçik Olimpiada hisoblanadi. Bu musobaqalarga har bir sportçi katta umidlar, katta mas'uliyat, tayyorgarlik bilan keladi. Ilk janglarimiz oson bölmasligini ham yaxşi bilardik, sababi barça raqiblar bizni yutaman, deb çiqdi. Öylaymanki, tayyorgarlik yaxşi böldi - 7 nafar sportçidan barçasi finalga çiqdi. Osiyo öyinlari bizga dars ham böldi. Avval közga körinmagan sportçilar ham bu yerga kuçli tayyorgarlik bilan kelişini bildik. Möğuliston, Filippin, Hindistondan kuçli boksçilar kelibdi.

Oldindan bizdan qança boksçi finalga çiqişi haqida öylamagandim. Hamma yutiş uçun keladi. Biz bu yerga rekord natija uçun keldik, faqat oltin uçun harakat qildik. Hammamiz çempion bölib, oltin olib, Özbekistonga sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik», - deydi Xoldorov.
















