Ispaniyada derbi, «Liverpul» «Lester»ga qarşi. Haftaning asosiy öyinlari
|01:22 / 01.09.201811 63114 min
Bugun va ertaga Germaniya, Fransiya hamda Ispaniyada ham transferlar dariçasi yopiladi. Futbol maydonlarida esa, terma jamoalar bilan boğliq tanaffus oldidan jamoalar sönggi öyinlarini ötkazadi. Albatta, bu öyinlar içida oldindan e'tiborga loyiq bölgan qiziqarli öyinlar bor.
MILAN – ROMA (31 avgust, 23:30)
Italiyada ham öziga yaraşa Top-5 şakllanib qolgani tufayli, deyarli har turda katta öyinlarga guvoh bölyapmiz. Dastlabki turdagi öyini qoldirilgan milanliklar ötgan haftada «Napoli»ga safar qilişgan va 2:0 hisobidagi ustunlikni boy berib, 2:3 hisobida mağlub bölib qaytişgandi. «Roma» uçun esa, bu mavsumdagi ilk top öyin böladi. Şunday bölsa-da, avvalgi turlarda rimliklarga qarşi öynagan «Torino» va «Atalanta» ham liganing kuçli jamoalari sanalişadi. «Roma» öz maydonida «Atalanta»dan 1:3 hisobida orqada borib, yakunda bir oçko olişga muvaffaq böldi. Demak, körib turganingizdek, har ikki jamoada ikki xil kayfiyat – «Roma» iroda körsatgan bölsa, «Milan» yaxşi ustunlikni qöldan çiqarib, mağlubiyatga uçradi.
Ikki jamoa örtasidagi öyinlar doim juda qizğin keçgan. Masalan, ötgan mavsumdagi har ikki öyinda ham mehmon jamoa bir xil – 2:0 hisobida ğalaba qozongan. Umuman, «Milan»ning öz maydonida «Roma» ustidan sönggi ğalabasi 2015 yilga töğri keladi.
Tarkiblarga kelsak, «Milan»da katta muammo yöq, faqat Ivan Striniç uzoq muddatga safdan çiqqan xolos. U oğir xastalik tufayli noma'lum muddatga futbolçilik faoliyatini töxtatgan. Rimliklar jamoasida esa, Alesandro Florentsi hali tarkibga qaytgani yöq. Ammo mavsumoldi yiğinlarida safdan çiqqan argentinalik yarim himoyaçi Diyego Perottini bugun maydonda körişimiz mumkin.
LeSTeR – LIVeRPUL (1 sentabr, 16:30)
«Liverpul» kutilganidek, mavsumni juda kuçli boşladi va haqli ravişda uç turdan keyin turnir jadvalini boşqarib turibdi. Jamoaning köp gol urişi yangilik emas, ammo şu pallada Klopp şogirdlari hali öz darvozasidan gol ötkazmagan APLdagi yagona jamoa ham bölib turibdi. «Liverpul»ning yangi transferlari jamoa öyiniga avvalo, muvozanat olib kirganini qayd etiş kerak.
Ammo «Lester» anoyi emas va «Liverpul» uçun juda jiddiy sinov deb aytiş mumkin. Lesterliklarning öyin uslubi, öta tezkor qarşi hujum taktikasi «Liverpul»ning yuqori pressingi uçun juda xavflidir. Çunki, bu holda «Liverpul» yarim maydonida juda katta böşliqlar yuzaga keladi. Uzun paslar orqali Vardini qulay vaziyatlarga çiqariş «Lester»ning sönggi uç yildagi eng köp amalga oşirgan maşğulotidir, ya'ni darvozabondan tortib, har bir futbolçi bu işni qanday bajarişni juda yaxşi biladi.
Mavzuga oid
Riyoz Mahrezning ketişi «Lester»ning hujumlarni taşkil qiliş salohiyatiga jiddiy zarba böldi. Şu bilan birgalikda, jamoaning yangi a'zosi Meddison ilk turlarda özini juda yaxşi namoyiş qila olmoqda. Dastlabki turda «Old Trafford»da mağlubiyatga uçragan bölsa-da, mezbonlardan kam öyin namoyiş etmagan «tulkilar» keyingi ikki turni ğalaba bilan yakunlaşdi.
«Lester» öz maydonida doimiy ravişda «Liverpul»ga muammo tuğdirgan, masalan, bu yerdagi sönggi uç öyindan ikkitasi «Lester»ning ğalabasi bilan yakunlangan. Ötgan yili ham Klopp «King Pauer»dan qanday qilib ğalabani olib ketgani esingizda bölsa kerak. 1:3 hisobida ortda borayotgan «Lester» öyinda buriliş yasay olgan va faqat Vardining penaltini amalga oşira olmagani hisobning tenglaşişiga yöl qöymagandi.
«Lester» tarkibida Metyu Jyeymsdan boşqa hamma soğ-salomat. «Liverpul»da esa, Deyan Lovren bu safar ham maydonga tuşa olmasa kerak. Aleks Oksleyd-Çemberleynning qaytişiga hali juda köp vaqt bor.
LeVANTe – VALeNSIYa (2 sentabr, 15:00)
Derbi. Ispaniyada biror öyinni ta'riflaş uçun mana şu sözning özi kifoya. Bu yerda derbilar Angliyadagi kabi döstona ham ötmaydi, Italiyadagi kabi janjallarni ham kuzatmaymiz. Çin ma'nodagi derbini, ya'ni aynan maydonning özida ayovsiz kuraşni aynan Ispaniyada tomoşa qilişimiz mumkin.
Turnir jadvalidagi holatdan qat'i nazar, «Levante» doimo «Valensiya»ni qiynab kelgan. Ayniqsa, öz maydonida. Masalan, ötgan mavsum boşida «Valensiya» juda kuçli öynagan va peşqadamlar safida borgan, lekin şunday bölsa-da, «Levante» derbida oçko olişga muvaffaq bölgandi. Balki teskarisi, «Valensiya» bir oçkoga ega bölgandir. Sababi, bu stadionda ötgan undan oldingi tört öyinda «Levante» ğalaba qozonişning uddasidan çiqqan edi.
Bu safar «Valensiya» biroz muvaffaqiyatsiz boşladi. «Atletiko» bilan durang ustiga keyingi öyinda «Espanol»dan qabul qilingan 0:2 hisobidagi mağlubiyat juda oğir qabul qilingani şubhasiz. «Levante»ning startini ham barqaror deb bölmaydi. «Betis» maydonida 3:0 hisobida ajoyib ğalabaga erişgan Rako Lopes şogirdlari keyingi öyinda öz maydonlarida «Selta»ga yutqazib qöydi. Bu öyinlarda Xose Luis Moralesning ikkinçi yoşlikni boşlab yuborganini ta'kidlaş kerak. 31 yoşli futbolçi ikki öyinda uç gol urib bombardirlar ruyxatining boşiga çiqib oldi.
UOTFORD – TOTTeNHEM (2 sentabr, 20:00)
«Uotford» londonliklar uçun juda qulay raqib sanalsa kerak, zero jamoa 2012 yilda APLga qaytganidan buyon, hali biror marta «Tottenhem» ustidan ğalaba qozona olmayapti. Ammo boşqa jihat bu öyinni turning markaziy uçraşuvlaridan biriga aylantiradi.
«Uotford» köpçilik uçun kutilmaganda, «Liverpul», «Çelsi» va «Tottenhem» bilan bir qatorda yuz foizlik natija körsatib, turnir jadvali yuqorisidan joy olib turibdi. Aslida «Uotford» uçun bu yangilik emas, ikki yil oldin ham jamoa köp vaqt kuçli törtlikda borgandi.
Töğri, «Uotford» uç turda faqat örtamiyona jamoalar bilan öynadi, lekin Angliyada uç öyinda qatorasiga ğalaba qozoniş oson emas. Umuman, gap faqat mana şu uç öyinda ham emas, «Uotford» yozni juda yaxşi ötkazdi, mavsumoldi yiğinlardagi 5 örtoqlik uçraşuvlarida ham jamoa mağlubiyat nimaligini bilmadi. Endi bunga, avgustdagi törtinçi rasmiy öyinni qöşing – Xavi Grasiya şogirdlari kuni-keça Angliya Liga kubogidagi dastlabki bosqiçda «Reding»ni mağlubiyatga uçratib qaytişdi. Darvoqe, mana şu omil, ya'ni «Uotford»ning hafta örtasida ortiqça öyin ötkazgani «Tottenhem»ga biroz yordam berişi mumkin.
Poçettino jamoasi «Old Trafford»dagi ajoyib ğalabadan keyin juda yaxşi kayfiyatda ekani şubhasiz. «MYu»ga qarşi öyinda «Tottenhem» hisobdagi qadar ustunlik qilmagan va köpçilik faqat omad «Tottenhem»ga kulib boqqanini aytgan bölsa-da, bu yanada pozitiv xulosalarga sabab böladi – demak, «Tottenhem» kerak paytda öziga begona uslubda ham öynay olişi, maydonda ikkinçi raqamli jamoa bölib ham, raqib xatosidan unumli foydalanişi mumkin. Dastlabki turlarda, ayniqsa, Lukas Mouraning ajoyib sport formasiga kirganini e'tirof etiş kerak.
Mezbonlar tarkibida Jyerar Delofeu tiklanib oldi, ammo bu öyinga tayyor bölmasa kerak. Şuningdek, Britos va Kleverli, bir paytlar «Tottenhem» safida öynagan Yunus Qobul ham jarohat tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi. Poçettino esa, Osiyo öyinlaridagi Son Xon Mindan taşqari, Lamela va Vanyamaning xizmatlaridan foydalana olmaydi.
ZeNIT – SPARTAK (2 sentabr, 21:00)
«Zenit» beş turdan keyin yuz foizlik natija bilan turnir jadvalida peşqadam bölib olgan bölsa-da, «Spartak»ning (beş öyinda tört ğalaba, bir durang) performansi e'tiborga molikroq. «Zenit»ga raqib bölgan eng kuçli jamoa – «Rubin», qolgani «Arsenal», «Yenisey», «Ufa» kabi jamoalar bölsa, «Spartak» mana şu beş turda «Lokomotiv» va «Krasnodar» mehmoni bölib ulgurdi, «Dinamo» bilan derbida maydonga tuşdi. Şu qiyin taqvimda ham «Spartak» «Zenit»ni juda yaqin ta'qibga olgani tahsinga loyiq.
Lekin «Spartak»ning boşqa muammosi ham bor. Jamoaning sönggi yillardagi yetakçi hujumçisi va töpurari, niderlandiyalik Kuinsi Promes La Ligaga yöl oldi va «Sevilya» a'zosiga aylandi. Bu juda katta yöqotiş. Piterliklar jamoasi tarkibida Aleksandr Kokorin nihoyat maşğulotlarga kirişgan va u ikkinçi bölimda jamoasiga yordam berişi mumkin.
Özaro öyinlarga kelsak, sönggi yillarda bu töqnaşuvlarda asosan mezbon jamoa ğolib kelgan yoki durang bölgan. Mehmon jamoaning sönggi ğalabasini qidirsak, 2012 yilgaça borib qolişimiz mumkin. Ötgan yilning avgustida «Zenit» maydonida bölib ötgan öyinda mezbonlar 5:1 hisobida ğalaba qozonişgan edi.
Darvoqe, Artem Dzyuba yana «Spartak»ka qarşi. Bu ham sönggi mavsumlardagi e'tiborga arzirli voqea bölib kelmoqda. Dzyuba doimiy ravişda sobiq jamoasini xafa qilişni kanda qilmayapti.
MONAKO – MARSeL (2 sentabr, 23:59)
Uç turdan keyin «PSJ»ning yonida «Dijon», «Nim» kabi jamoalar yuribdi, u yerga yaraşadigan ikki klub esa, 4 tadan oçko töplab töqqizinçi va öninçi örinlarni egallab turişibdi. Endi bulardan qaysidir, balki ikkalasi ham yanada pastroqqa şönğişi şu turda röy beradi.
Birinçi turda «Tuluza» ustidan 4:0 hisobida ajoyib ğalabaga erişgan «Marsel»ni bu mavsumda peşqadamga qarşilik qilişi mumkin bölgan asosiy da'vogar deb bilişgandi, ammo ikkinçi turdayoq debyutant «Nim» marselliklarni osmondan tuşirib qöydi. Keyin esa, «Marsel» öz maydonida «Renn»ni yenga olmadi. «Monako»ning holati ham şunga yaqin, faqat ular yagona mağlubiyatni «Bordo»dan, ya'ni kuçliroq klubdan qabul qilganliklari bilan özlarini ovutişlari mumkin.
«Monako»ning sönggi yillardagi muvaffaqiyatlaridan kelib çiqqanda, bu jamoaning «Marsel» ustidan yaqqol ustunligi mantiqan töğri. Hatto aksinça, nima bölgandayam liganing kuçli jamoalaridan biri bölgan «Marsel» ustidan sönggi 4 öyindan uçtasida yirik hisobda ğalaba qozongan «Monako»ning biroz omadi kelganini ham aytiş mumkin. Xususan, roppa-rosa bir yil oldin, 2017 yilning 28 avgustida «Monako» «Marsel» ustidan 6:1 hisobida ğalaba qozongandi. «Olimpik» Monakodan oxirgi marta 2011 yilning yanvarida oçko olib ketgan – öşa öyinda hisob oçilmagandi. Şundan buyoğiga doimiy ravişda mezbonlar ğalaba qozonib kelişmoqda. Barça öyinlardagi oxirgi ğalabani marselliklar 2015 yilning mayida qölga kiritişgan.
Tarkiblar borasida muammo har ikki jamoada ham u qadar katta emas. Mezbonlarda Rajji va Yovetiçdan taşqari, yangi xarid qilingan Aleksandr Golovin hali tiklanib ulgurmagan bölsa, «Marsel» tarkibida Rolando, şuningdek, darvozabon Stiv Mandanda jamoasiga yordam bera olmaydi.