Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malika Diananing o‘limidan oldin aytgan so‘nggi so‘zlari ma'lum qilindi
Foto: AFP/ Pierre Boussel
Parijning avariya-qutqaruv xizmati xodimi Ksave Gurmelon malika Diana avtohalokatga uchragandan keyingi ilk daqiqalarda nima yuz bergani haqida so‘zlab berdi.
Gurmelon voqea joyi – Alma ko‘prigi oldidagi tunnelga birinchilardan yetib kelgan. Uning aytishicha, yo‘l-transport hodisasidan keyin malika gapira olgan.
“Men uning qo‘llaridan ushlab, bezovta bo‘lmaslik va qimirlamaslikni so‘rardim. Men biz bu yerga unga yordam berish uchun kelganimiz aytdim. U esa “Yo tangrim, nima yuz berdi?” deb javob qilgandi”, deb eslagan o‘sha voqealarni Gurmelon.
Qutqaruvchiga malika olgan jarohatlar yengil bo‘lib tuyulgan: unda qon izlari va og‘ir jarohatlar izlari bo‘lmagan. Gurmelonning aytishicha, Diananing o‘ng yelkasi yengil shikastlangan bo‘lgan, shu sababli u malikaning hayoti xavf ostidamas deb hisoblagan. Qutqaruvchi Diananing shifoxonada o‘lganidan hayratga tushganini aytgan.
Diananing o‘limiga olib kelgan avtohalokat 1997 yil 31 avgustda yuz bergan. Diana ketgan, tadbirkor Dodi al-Fayozning avtomobili katta tezlikda tunnel devoriga borib urilgan, so‘ngra yo‘ldagi ajratuvchi to‘siqqa urilib, to‘ntarilib ketgan. Al-Fayoz va haydovchi voqea joyida jon bergan, Diana esa yo‘l-transport hodisasidan 2 soat o‘tib shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
16:52 / 01.01.2025
Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
18:08 / 30.12.2023