Osiyo öyinlari boks bahslarida -56 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan Miraziz Mirzaxalilov Kun.uz muxbiriga qisqaça intervyu berdi.

«Yoşligimdan Olimpiada, jahon, Osiyo çempioni bölişni orzu qilardim. Bittasiga yetişdim, desam ham böladi. Xudo xohlasa Özbekiston bayroğini balandlarga kötarib, Olimpiada, jahon, Osiyo çempioni bölişga harakat qilaman. Bundan keyingi ğalabalarim ham faqat Özbekiston uçun. 

Bu vazn toifasida juda kuçli boksçilarimiz bor - Şahobiddin Zoirov, Ubay Şorahmadov, Abror Qodirov. Özbekistonning özida raqobat juda kuçli. Agar Osiyo çempionati bilan Özbekistonni taqqoslaydigan bölsak, unda Özbekistondagi musobaqani yutiş juda ham qiyinligi ayon böladi. Sankt-Peterburgdagi Gubernator kubogi finalida Şahobiddin Zoirovni mağlubiyatga uçratib, oltin medalni qölga kiritdim. Şu orqali Osiyo öyinlariga yöl oldim.

Endi Olimpiada, jahon, Osiyo çempioni bölib, Özbekiston bayroğini balandlarga kötarmoqçiman. Xalqimiz, ota-onamiz, prezidentimiz qöllab-quvvatlab tursa, bundan ham yuqori natijalarga erişişga harakat qilamiz.

Raqiblarim orasida eng köp qiyinçilik keltirib çiqargani möğulistonlik boksçi böldi. Bu çorak finalda yuz berdi. Umuman olganda, musobaqada Qozoğiston, Indoneziya, Şimoliy Koreyadan bölgan boksçilar bilan ham qiyinçilik yuzaga keldi», - deydi Miraziz Mirzaxalilov.