Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi matni e'lon qilindi. Quyida uşbu nutq matni töliq holda keltiriladi.

Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar! 

Muhtaram mehmonlar! 

Xonimlar va janoblar! 

Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etişga ijozat bergaysiz. 

Biz uçun yangi davr, erkin va ozod hayotni boşlab bergan şu qutluğ sanada xalqimiz qanday maşaqqatli va ayni vaqtda şarafli yölni bosib ötganini yana bir bor çuqur his etamiz. 

Mana şunday uluğ ayyomda butun hayotini ozodlik uçun kuraşga bağişlagan, bu yölda jon fido qilgan ota-bobolarimiz, mard va jasur yurtdoşlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. 

Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asosçisi, Birinçi Prezidentimiz muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimovning barhayot nomlarini hurmat va ehtirom bilan yodga olamiz. 

Aziz döstlar! 

Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bölib, yoruğ kelajagimizni öz qölimiz bilan bunyod etmoqdamiz. 

Istiqlol yillarida erişgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari dadil qadam qöymoqdamiz. 

Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqiçga kötariş maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Bu noyob hujjatda belgilangan uluğvor vazifalarni röyobga çiqarişga qat'iy kirişganimiz biz uçun yangi ufq va imkoniyatlar oçib bermoqda. 

Dunyo miqyosida raqobat keskinlaşib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizni ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qiliş va yangilaş eng muhim vazifamizga aylanmoqda. Ana şunday ötkir talabni çuqur anglagan holda, biz 2018 yilni yurtimizda