Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Yyellouston milliy bog‘i kabi loyiha amalga oshiriladi
Jizzax viloyati Baxmal va Zomin tumanlarida turizm klaster loyihalari amaliyotga tatbiq etiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida tashkil etilgan Xalqaro investitsion forumda Baxmal va Zomin tumanlarida turizm sohasi bo‘yicha klaster loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Unga ko‘ra, loyiha 3 bosqichga ajratiladi: 1) ekoturizm; 2) agroturizm va 3) etnik turizm.

Forum doirasida muhokama etilgan konsepsiyaga muvofiq, qayd etilgan tumanlarda infratuzilmani rivojlantirish maqsadida, yangi inshootlar qurilishi uchun yer maydoni ajratiladi. Loyihada belgilanganidek, tumanlarda eko-manzara boyitiladi hamda kvadrosiklda sayr qilish uchun sharoit yaratiladi. Osma va arqon ko‘priklar, funikler qurilishi, tog‘ sporti kompleksi, muzey va ma'lumotlar markazini barpo etish ham shular jumlasidandir.

Agroturizmni rivojlantirish maqsadida 5 ming ga yer ajratilishi va u yerda dam olish uylari, sport komplekslari, hayvonlar uchun qo‘riqxona tashkil etish rejalashtirilgan. Sayyohlar otda sayr qilib, shifobaxsh asaldan totib ko‘rishi, tog‘ yonbag‘rida dam olishi mumkin.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimov bu loyihani Yyellouston milliy bog‘i singari yagona bo‘lishiga ishonmoqda.
«Yyelloustonga har yili 20 million kishi tashrif buyuradi. Bu mahalliy aholi uchun katta daromad bo‘la oladi. Shu tufayli Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda shu loyihani ishlab chiqishga ahd qildik. Bundan ko‘zlangan maqsad ikkita: mavjud ekotizimni saqlab qolish hamda aholiga qo‘shimcha daromad manbasini yaratish», deydi u.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda Zominda yozning issiq kunlari 50-100 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish uchun Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi hamda DSKD birlashmasi bilan memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra, avvalo, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida temir yo‘l infratuzilmasini yaxshilanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
12:02 / 18.06.2026