Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni vaqtda Indoneziyada Osiyo öyinlarini yoritayotgan «Kun.uz» muxbiriga intervyu berdi.

MOQ prezidenti hamda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadigan Ahmadjonov Osiyo öyinlarida özbekistonlik futbolçilarning muvaffaqiyatsizlikka uçraşiga munosabat bildirgan.

«Futboldan yuqoriroq natija kutgandik. Jamoaga katta işonç bildirgandik. Şunçaki omad kelmadi, qolaversa hakamning xatolari mağlubiyatga sabab böldi.

Lekin bu bolalar çempionlikka loyiq edi. Ular borini berib öynaşdi. 3:2 hisobida oldinga çiqib olgandik ham. Janubiy Koreya ham finalda öynayotgandek harakat qilişdi. Murabbiyimiz ham töğri özgarişlar qila olmadi», degan Umid Ahmadjonov.

Ahmadjonov milliy terma jamoadagi özgarişlarga baho bergan.

«Avval ham aytganimdek Ektor Kuperning işlariga aralaşmayman. Heç kim aralaşmaydi. Lekin öz takliflarimizni berişimiz mumkin. Kuper olimpiyaçilarimizning öyinlarini kuzatdi. U yoşlarimizning imkoniyatlarini biladi. Istardimki, u asosiy terma jamoaga yoşlar jamoasidan köproq futbolçi olsin», degan u olimpiyaçilar tarkibidan kimlar milliy terma jamoa safiga ötişi mumkinligi haqidagi savolga javoban.

Umid Ahmadjonov şuningdek Özbekiston Superligasi formati borasidagi savolga javob qaytargan.

«Futbol federatsiyasini qabul qilib olganimda çempionatdagi jamoalar 16ta edi, keyin 12taga kamaytirdik. Kerak bölsa, 8tagaça kamaytiriş mumkin. Klublar terma jamoaga xizmat qilişi kerak. Buning uçun klublarni kuçaytiriş kerak. Kuçli klublar bir-biri bilan köproq öynaşi kerak.

Hozir joriy qilingan format vaqtinçalik. Balki, keyingi yilda boşqa formatni körib çiqarmiz. Islohotlar davom etadi. Sportda yangilik qilib turilmasa, bölmaydi», degan u.