Turkiyalik chegarachilar Gruziya-Turkiya chegarasidagi “Sarpi” o‘tkazish punktida 24 yoshli gruziyalikning chamadonida bir qizni aniqlashgan. Bu haqda turk manbalariga iqtibos keltirgan holda Gruziya OAV xabar bergan.
Chegarachilarda gruziyalikning katta qora chamadoni shubha uyg‘otgan. Ular chamadonni ochishni talab qilishgan va uning ichida 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolni aniqlashgan. Ayol Turkiyaga kirishi taqiqlangani sababli u yerga shu yo‘l bilan o‘tishga qaror qilgan.
Erkak va ayol ushlanib, ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.










