Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ummon neft vaziri neft narxi bo‘yicha o‘z taxminlarini aytdi
Foto: Brendan McDermid/Reuters
Ummon neft vaziri Muhammad bin Hamad ar-Rumxi yil oxirigacha neft narxi 70-80 dollar oralig‘ida bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Men bu yil oxiriga qadar neft narxi bir barrel uchun 70-80 dollarlik darajada qolishini kutmoqdaman», - deya aytib o‘tdi ar-Rumxi.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, dollarning zaiflashishi har doim neft narxining ko‘tarilishiga olib keladi.
Avvalroq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 2018 yil uchun neftga o‘rtacha narx prognozini bir barrel uchun 70,23 dollargacha ko‘targani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, 2019 yil uchun neft o‘rtacha narxining prognozi bir barrel uchun 68,99 dollargacha ko‘tarildi.
Brent markali neftga noyabr fyucherslari narxi 0,14%ga, bir barrel uchun 77,53 dollargacha kamaygan bo‘lsa, WTI markasiga oktabr fyucherslari - 0,19%ga, bir barrel uchun 69,67 dollargacha tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya yil oxirigacha O‘zbekistonga neftni to‘liq hajmda yetkazib berishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
09:02 / 07.02.2026
Ummon: AQSh va Eron o‘rtasidagi “yadroviy” muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi
14:03 / 25.12.2025