FIFA 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kurashadigan uch nafar nomzodni e'lon qildi.

Ular - Krishtianu Ronaldu («Real»/«Yuventus», Portugaliya terma jamoasi), Luka Modrich («Real», Xorvatiya terma jamoasi) va Muhammad Saloh («Liverpul», Misr terma jamoasi).

Muxlislar va mutaxassislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomadan so‘ng, sovrin uchun kurashdan Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Eden Azar («Chelsi»), Harri Keyn («Tottenhem»), Kilian Mbappe («PSJ»), Lionel Messi («Barselona») va Rafael Varan («Real») tushib qoldi.

G‘olib nomi 24 sentabr kuni Londonda o‘tkaziladigan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.