Danske Bank’ning Estoniyadagi bölinmasida pulni yuviş bilan boğliq firibgarlik holatlari yuz berganida, undan Rossiya va MDH davlatlaridan kelgan 30 mlrd dollar ötgan, avvalroq şubhali bitimlar hajmi 3 mlrd dollarga baholangandi. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda, u Promontory Financial konsalting agentligining tadqiqoti bilan tanişib çiqqan.
Naşr ma'lumotlariga köra, tadqiqotga Danske Bank tomonidan buyurtma berilgan.
Promontory Financial mutaxassislarning aniqlaşiça, Daniyadagi eng yirik tijorat banki bölgan Danske Bank’ning Estoniyadagi bölinmasi orqali bir yil içida mamlakat norezidentlarining 30 mlrd dollari ötib ketgan. Hisobot tuzuvçilarining ma'lum qilişiça, bu pullarning bir qismi ruslar va sobiq SSSR davlatlari fuqarolariga tegişli bölgan.
Tadqiqot ma'lumotlariga qaraganda, norezidentlarning mablağlari Danske Bank’ning Estoniya filialida 2013 yilda bölgan - bu yil pul yuviş bilan boğliq mojarodagi eng «çöqqisi» hisoblanadi. Umuman olganda, noqonuniy harakatlar 2007 yildan 2015 yilga qadar davom etgan, deya ta'kidlaydi gazeta.
Şuningdek, naşrdan bildirişlariça, 2013 yilda Rossiya va sobiq SSSR davlatlaridan qariyb 30 mlrd dollar ötkazilgan. Şu bilan birga, Promontory Financial hisobotidan iqtibosda Estoniya «norezidentlari» haqida gap ketmoqda.

















