Moskva shahrida so‘nggi bir necha hafta ichida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ikki ayol kishining jasadini topishdi. Aniqlik kiritilishicha, har ikki jasad ham chamadonlarda bo‘lgan. Bu haqda Rossiya OAV xabar qilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining fikricha, har ikki qurbonning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat ancha g‘alati.
Aniqlanishicha, qurbonlardan biri 20 yoshli o‘zbekistonlik qiz bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, u bir necha oy oldin Moskvaga kelgan.
Tergovchilarning bildirishicha, uning qo‘shnisi, Armaniston fuqarosi bo‘lgan erkak uyidan chamadonni olib chiqqan. U zo‘rlashda gumon qilinmoqda.
Ikkinchi qurbon esa yoshi katta ayol ekani aytiladi. Huquqni muhofaza qilish organlari voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.











