Surxondaryo viloyat IIB Öz xavfsizligi bölimi özini içki işlar organi xodimi deb taniştirib, fuqarolardan noqonuniy pul tama qilib yurgan U.M. ustidan kelib tuşgan ma'lumotga asosan, uni qölga oliş böyiça viloyat IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi xodimlari bilan hamkorlikda keng qamrovli tezkor tadbir ötkazdi, deb xabar beradi Kun.uz’ga viloyat IIB matbuot xizmati.

2 avgust kuni Surxondaryo viloyat IIB Öz xavfsizligi bölimiga kelib tuşgan ma'lumotga köra, şu kuni soat 10:00 larda Termiz şahri «Pattakesar» mahallasida yaşovçi, fuqaro K.B.ning Termiz şaharida joylaşgan sartaroşxonasiga fuqarolik kiyimidagi şaxs kelib, özini Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi katta tergovçisi, mayor «Oybek» deb taniştirib, undan tezkor tadbirda iştirok etişini va tadbirda qölida bölgan tilla uzugini aşyoviy dalil sifatida foydalaniş uçun berişini taklif qiladi va fuqaro K.B. bilan Termiz şahrida joylaşgan «TsUM» savdo markaziga kelib, K.B.ga eşik oldida kutib turişini aytib, tilla uzugini «TsUM»dagi zargarlardan biriga sotib, fuqaro K.B.ga tadbir qoldirilganligi va ertasi kuni davom ettirilişini aytib, sotgan tilla uzugining pullarini firibgarlik yöli bilan özlaştirib ketgan.

Şu kunning  özida Termiz şahar «Ma'rifat» mahallasida yaşovçi fuqaro X.M.ga tegişli savdo dökoniga fuqarolik kiyimida bölgan şaxs kelib, özini viloyat IIB JQB xodimi «Oybek» deb taniştirganida fuqaro X.M. undan qöşnisi tomonidan uyining yoniga örnatilgan kuzatuv kamerasini boşqa tomonga qaratib qöydirişni iltimos qiladi. «Oybek» ismli IIB xodimi undan Termiz şahar IIB boşliği nomiga ariza yozdirib olib, kamerani boşqa tomonga qaratib qöyiş evaziga fuqaro X.M.dan 100.000 söm pullarni talab qilib, talab qilingan 100.000 söm puldan 30.000 sömini olib, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuboradi.

U.M. bular bilan çeklanib qolmasdan, 3 avgust kuni Jarqörğon tumani buyum bozori yonida kirakaşlik qiluvçi Termiz şahrida yaşovçi fuqaro M.Ğ.ning oldiga fuqarolik kiyimida borib, özini viloyat IIB JQB bölim boşliği mayor «Oybek» deb taniştirib, maxsus topşiriq bilan yurganligini, bir kun davomida uni avtomaşinasi bilan viloyatning Qumqörğon, Angor, Qiziriq, Bandixon, Boysun va Denov tumanlariga olib yurişi kerakligini, evaziga 150.000 söm pul va avtomaşinasiga 4 (tört) dona yangi şinani IIBdan olib berişni va'da qilib, u bilan aytilgan manzillarga borib kelganidan söng, fuqaro M.Ğ.dan turmuş örtoğini viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasida işlovçi tanişlari orqali işga joylaştirib qöyişni va'da berib, 300.000 söm pullarni firibgarlik yöli bilan olib, yölkira haqi uçun va'da qilingan 150.000 söm pullarni bermaganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida yuqoridagi fuqarolarga özini viloyat IIB JQB va tergov boşqarmasi xodimi deb taniştirib, firibgarlik jinoyatlarini sodir qilib yurgan «Oybek» ismli şaxs, Denov şahrida yaşovçi, 2002 yilda JKning 168-moddasi 2-qismi, 2004 yilda JKning 168-moddasi 3-qismi, 267-moddasi 1-qismi, 2008 yilda JKning 168-moddasi 2-qismi, 166-moddasi 2-qismi, 2015 yilda JKning 168-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 1-qismi, 118-moddasi 2-qismi, 267-moddasi 2-qismi, 226-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, hozirgi kunda Denov tumani IIB HPBda ahloq tuzatiş jazosini ötayotgan 1983 yilda tuğilgan fuqaro U.M. ekanligi aniqlanib, uşlandi.