Turkiyaning sayyohlik poytaxti deb ataluvçi Antaliya şahriga joriy yil boşidan 180 ta davlatdan 9,165 mln sayyoh taşrif buyurdi. Bu haqda Antaliyaning madaniyat va turizm boşqarmasiga iqtibos keltirgan holda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.    

2017 yilning şu davri, ya'ni yanvar-avgustida Antaliyaga 7,144 mln sayyoh taşrif buyurgan va sayyohlar oqimi bir yil içida 28,28 foizga köpaygan.

Uşbu kurort şaharga taşrif buyurgan sayyohlardan 38,45 foizi Rossiyadan (3,367 mln sayyoh), 16,46 foizi – Germaniya (1,441 mln), 6,14 foizi – Ukraina (538 ming), 5,03 foizi – Buyuk Britaniya (440 ming), 3,31 foizi Niderlandiyadan (289 ming) kelganlar hissasiga töğri kelgan. 

Bundan taşqari, Antaliyaga Polşadan 287 ming sayyoh, Qozoğistondan – 192 ming, Ruminiyadan – 153 ming, Belgiyadan – 144 ming, Daniyadan – 135 ming, Isroil, Çexiya va Şvetsiyadan 100 mingdan köproq sayyoh taşrif buyurgan.

Ma'lum qilinişiça, Antaliyaga Rossiyadan keluvçi sayyohlar oqimi bir yil içida 24,03 foizga, Germaniyadan 30,22 foizga va Ukrainadan 1,73 foizga oşgan.