Britaniyaning Times Higher Education (THE) naşri Yevroosiyo mintaqasining yetakçi oliy ta'lim muassasalari reytingini e'lon qildi.
Reyting natijalari THE «Times Higher Education Research Excellence Summit: Eurasia» Ilğor tadqiqotlar birinçi sammitida e'lon qilindi.
Yevroosiyo mintaqasi Afğoniston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Gruziya, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Möğuliston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina va Özbekistonni qamrab oladi.
Birinçi uç örinni Rossiya universitetlari egalladi: Moskva davlat universiteti, Moskva fizika-texnika instituti va Tomsk politexnika universiteti. Reytingga Eron, Turkiya, Ukraina, Gruziya va Belarus universitetlari ham kirgan.
Reyting tuzuvçilari oliy ta'lim muassasalari faoliyatini 13ta mezon böyiça tahlil qilişadi. Ular orasida xalqaro talabalar va öqituvçilik harakatçanligi, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy tadqiqotlar darajasi, innovatsiyalarga qöşiliş, ilmiy maqolalardan iqtibos keltiriş, ta'lim xizmatlarining sifati va boşqalar bor.

















