Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi yillarda transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan klublar nomi ma'lum bo‘ldi
Shveytsariyadagi futbol statistikalari bilan shug‘ullanuvchi CIES Football Observatory kompaniyasi Yevropa klublarining 2010 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan muddatda transfer bozorlarida amalga oshirgan harakatlari yakunlarini keltirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, keyingi 8 yil ichida transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan klub «Manchester Siti» bo‘lgan. Ingliz klubi bu muddat ichida 1,47 milliard yevroni yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shib olish uchun sarflagan.
Bu boradagi beshlikka «Chelsi» (1,31 mlrd), «Barselona» (1,26 mlrd), «PSJ» (1,24 mlrd) va «Manchester Yunayted» (1,1 mlrd) kabi jamoalar ham kirgan.

Shuningdek, transferlardan eng ko‘p daromad qilgan klub «Monako» (288 mln yevro miqdorida sof foyda) bo‘lgan, o‘z-o‘zidan «Manchester Siti» eng yomon ko‘rsatkichni qayd etgan (minus 1 mlrd).


Mavzuga oid
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025