Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisiy 4 sentabr kuni rasmiy taşrif bilan Toşkentga keldi. 

Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Taşrifning asosiy voqealari 5 sentabr kuni bölib ötadi. Şavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisiyning oliy darajadagi uçraşuvlarida Özbekiston – Misr hamkorligini rivojlantirişning istiqbolli yönalişlarini muhokama qiliş, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi, Özbekiston bilan Misr örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta'lim, madaniyat, sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar imzolanişi kutilmoqda. 

Misr Prezidentining taşrifi doirasida Toşkent şahrida ikki mamlakat işbilarmon doiralarining biznes-forumi va kooperatsion birjasini ötkaziş ham közda tutilgan.