Nazarboyev: Qozog‘iston Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda xavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda
Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashi a'zosi sifatida Afg‘onistonda tinchlikka tezroq erishish va mamlakatdagi holatini yaxshilash tarafdoridir. Bu haqda respublika prezidenti Nursulton Nazarboyev «Afg‘onistonda xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish» mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida ma'lum qildi, uni davlat kotibi Gulshara Abdikalikova o‘qib eshittirdi.
«Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashining a'zosi sifatida, butun xalqaro hamjamiyatning faol qo‘llab-quvvatlovi bilan, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda xavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu jarayonda Afg‘onistonda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini oshirish muhim ahamiyatga ega. Afg‘on hukumatini mamlakatda ayollar holatini yaxshilash hamda gender tengligini ta'minlash bo‘yicha qadamlarini yuqori baholab, biz afg‘on yerida tinchlik tezroq o‘rnatilishi tarafdorimiz. Jumladan, bu «afg‘onlar uchun va afg‘onlarning o‘z kuchlari bilan» konsepsiyasi orqali qilinishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tgan Nazarboyev o‘z murojaatida.
Uning fikricha, bu boradagi ishlarning muhim jihati fuqarolik jamiyati, bu sohada xalqaro sa'y-harakatlarning eng oldida turgan xalqaro, mintaqaviy va milliy nodavlat tashkilotlar salohiyatidan faol foydalanish hisoblanadi.
«Shu munosabat bilan, masalan, bugungi konferensiya kabi xalqaro maydonchalar salohiyati, amaldagi va samarali ishlarning eng muhim masalalarini muhokama qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini birlashtiradi. Ishonchim komilki, bugungi konferensiya Afg‘onistonni yanada rivojlantirish va reabilitatsiya qilish, afg‘on xotin-qizlari holatini yaxshilash, ularni mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi ishtirokini kengaytirishga qo‘shimcha turtki beradi», - deya qayd etib o‘tdi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024