4 sentabr kuni Toşkent Birinçi Xalqaro töqimaçilik anjumanida bir qator xalqaro ekspertlar öz ma'ruzalari bilan qatnaşişdi.
Anjumanda «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi rahbari Ilhom Haydarov ham qatnaşib, milliy töqimaçilik sanoatining tarixi, buguni va kelajakdagi rejalar töğrisida taqdimot qildi.
«Özbekistonda töqimaçilik sanoati 1932 yilda boşlangan. Öşa yili Samarqandda hozirgaça faoliyat olib borayotgan töqimaçilik korxonasi oçildi. Bu sektorga yuqorida aytilganidek, 3 mlrd dollar investitsiya kiritildi va hozirda 150 mingdan ortiq malakali kadrlar şu sohada faoliyat olib borişmoqda. Har yili 15 mingta yangi iş örni yaratilmoqda. Şuningdek, 2018 yilda töqimaçilik mahsulotlari eksport hajmi 1.5 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi. 2025 yilga borib körsatkiçni 7 mlrd. dollarga yetkazişni niyat qilganmiz. Buni amalga oşiriş uçun bir qança xorijiy hamkorlarimiz, jumladan, Janubiy Koreya, Hindiston, Şveytsariya, Rossiya, Singapur va Xitoyning yetakçi töqimaçilik kompaniyalari bilan mustahkam hamkorlikni yölga qöydik. 2020 yilga borib kiyim işlab çiqarişni 2,6 baravarga oşirişni rejalaştirib qöydik. Yurtimizda xalqaro standartlarga töla javob beradigan töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqaradigan korxonalar soni oşib bormoqda. Ayni vaqtda Özbekistonda ISO 9001 sertifikatiga ega 700dan ortiq kompaniyalar faoliyat olib boradi. 2018 yil boşidan beri bu sohada köplab ijobiy natijalar kuzatildi. Masalan, 250 million dollar investitsiya kiritilişi natijasida 4100 iş örni yaratildi, rejalaştirilgan 39ta loyihadan 23tasi hayotga tatbiq etildi», deya uning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

















