O‘zbekiston | 07:37 / 06.09.2018
38399
3 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan umumta'lim muassasalari xodimlari bo‘lgan pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra endi shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

umumiy o‘rta ta'lim davlat ta'lim standartlari va maktabdan tashqari ta'limga qo‘yiladigan davlat talablari umumiy o‘rta ta'limni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi rahbarlari, tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri tomonidan amalga oshiriladi;

muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffitsiyentli maktablarni kiritish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri tomonidan qabul qilinadi;

2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingi tuziladi;

reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi;

2019 yil 1 yanvardan boshlab umumta'lim muassasalari xodimlari bo‘lgan pensionerlarga, ularning ushbu muassasalardagi faoliyati asosiy ish joyi hisoblangan taqdirda, pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi;

2019 yil 1 martdan boshlab davlat umumta'lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tumanlar va shaharlar kesimida bolalarni umumiy o‘rta ta'lim maktablariga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari ro‘yxatini shakllantiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid