Saudiya Arabistonida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari din mavzusidagi hajviy postlar uçun qamalişlari mumkin bölgan yangi qonunlar kiritildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni prokuraturasining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilingan, deb xabar berdi The Independent naşri.    

“Ijtimoiy tarmoqlarda mazax qiliş, iğvo qiliş, jamoat tartibini buzuvçi, diniy qadriyatlar va ma'naviyatga putur yetkazuvçi mazmundagi kontentni yaratiş va tarqatiş kiberjinoyatçilik deb baholanadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.  

Bunday kontentni tarqatiş va şu orqali “jamoat tartibini buzişda” aybdor deb tan olingan odamlar 5 yilgaça qamoq jazosi olişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, ular 3 mln rial (800 ming dollar) miqdorida jarima tölaşlari kerak böladi. 

Naşrning ma'lum qilişiça, Saudiya Arabistoni aholisi Yaqin Şarq davlatlari aholisi örtasida ijtimoiy tarmoqlardan eng faol foydalanuvçisi hisoblanadi.