Buyuk Britaniya politsiyasi Rossiya razvedka boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliya Skripalga uyuştirilgan suiqasdda gumonlanuvçilarning nomlarini ma'lum qildi. Bular Rossiya fuqarolari Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov: politsiya taxminiga köra, bu ism-şariflar töqib çiqarilgan, lekin ular haqiqiy pasportlar bilan Buyuk Britaniya hududiga kirişgan. Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey gumonlanuvçilar Rossiya Razvedka boşqarmasi xodimlari ekanini ma'lum qildi.

Skripallarni qanday zaharlaşgan: Britan politsiyasi talqini

Skotlend-Yardda aksilterror bölim rahbari sifatida işlovçi Nil Basuning aytişiça, tekşiruvlar davomida jinoyatning umumiy kartinasi hosil qilingan.

Unga köra, 2 mart kuni Petrov va Boşirov «Aeroflot» reysi orqali Londondagi Gatvik aeroportiga kelişgan. Şu kuni ular London şarqidagi Bou-roud mavzesida joylaşgan City Stay Hotel mehmonxonasida töxtaşgan.

3 mart kuni gumonlanuvçilar mehmonxonani tark etib, jamoat transportida Vaterloo temir yöl vokzaligaça yetib olişgan. Ular bu yerda soat 11:45da Solsberiga boradigan poyezdga çiqişgan. Ular Solsberida 1,5 soat vaqt ötkazib, Londonga qaytib kelişgan. Politsiya taxminiga köra, bu safar vaqtida ular Solsberidagi holatni örganişgan.

4 mart kuni tongida ular Solsberiga, bu safar suiqasdni amalga oşiriş maqsadida yöl olişadi. Bu safar Vaterloodan poyezd soat 08:05da yurgan. Solsberida Petrov va Boşirov Sergey Skripalning uyi yaqinida kuzatuv kameralariga tuşib qolgan. Politsiya ma'lumotiga köra ular «Noviçok» moddasini Skripallar uyi eşigi tutqiçida qoldirişgan.

Petrov va Boşirov Londonga soat 16:45da qaytib kelişgan, taxminan soat 18:30da ular Hitrou aeroportiga borişgan, bu yerdan soat 22:30da «Aeroflot» reysi orqali Moskvaga uçişgan. Skotlend-Yard hisobotiga köra ular keyin Buyuk Britaniyaga qaytişmagan.

«Noviçok» atiri

Foto: Metropolitan police

Skripallar zaharlangan «Noviçok» moddasi izlari Petrov va Boşirov tunagan City Stay Hotel mehmonxonasida aniqlangan. Politsiyaning qayd etişiça, topilgan moddalar inson hayotiga xavf tuğdirmas darajada oz bölgan. Qolaversa probalar 4 may kuni, Skripallarning zaharlanişidan roppa-rosa 2 oy ötib olingan.