Skripallar işi böyiça gumonlanayotgan Aleksandr Petrov v Ruslan Boşirov Rossiya harbiy razvedkasi josuslaridir. Bu haqda Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey ma'lum qildi.
«Tekşiruvlar şuni körsatdiki, Buyuk Britaniya hududida kimyoviy qurol qöllaşda gumonlanayotganş ikki şaxs rus harbiy razvedkaçilaridir, ular Rossiya razvedka boşqarmasiga aloqador», degan u parlamentdagi çiqişi vaqtida.
Meyning sözlariga köra, «bunday amaliyot nafaqat GRU (Rossiya razvedka boşqarmasi) rahbariyati tomonidan, balki yuqori rangdagi boşqa amaldorlar tomonidan ham ma'qullangan».
Mey xonim ma'lum qildiki, London Skripallarni zaharlaşda gumon qilinayotgan şaxslarni topiş uçun barça çoralarni köradi. «Biz ularni qölga oliş, Buyuk Britaniyaga olib keliş va ularni sud qiliş uçun imkon doirasidagi barça qadamlarni qöyamiz», degan u.
Boş vazir şuningdek, Rossiya Solsberida Rossiya razvedka boşqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaş uçun sabablarga va barça imkoniyatlarga ega bölgan.
«Biz mart oyida aytganimizdek, faqat Rossiyada şunday vosita, uni qöllaş amaliyoti va bunday hujum uyuştirişga sabab bölgan», degan Mey xonim parlamentda.
Britan vazirining sözlariga köra, «Buyuk Britaniya bir neça bor Rossiyaga Solsberidagi voqea böyiça ma'lumot taqdim etişni sörab murojaat qilgan, ammo rossiyaliklar javob qaytarişda çalkaşliklarga yöl qöyişgan va yolğon gapirişgan».
«Ular hatto «Noviçok»ni men işlab çiqarganimni aytişdi», deya qayd etgan Tereza Mey.
U Britaniya hukumati Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalarga tayyorlanişi, şu bilan birgalikda rasmiy London kelgusida Moskva bilan xalqaro masalalarda hamkorlik qilişga umid bildirişini qöşimça qilgan.
«Skripallar işida yangi buriliş»
5 sentabr kuni Buyuk Britaniya prokuraturasi Rossiya razvedka boşqarmasining sobiq polkovnigi, Rossiyada 2006 yili Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilib, xiyonatda ayblangan va 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, 2010 yilda mahbuslar almaşinuvi doirasida Buyuk Britaniyaga topşirilgan Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripal hayotiga ikki nafar rossiyalik Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov tomonidan asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi orqali suiqasd qilingani haqidagi ayblovni ilgari surdi.
Politsiya ma'lumotiga köra, Petrov va Boşirov 2 mart kuni haqiqiy pasportlari bilan Buyuk Britaniyaga kirgan. Ular 2-3 mart kunlari mobaynida London şarqidagi City Stay Hotel mehmonxonasida yaşaşgan. Skotland-Yard ma'lumotiga köra, zaharli moddalar Nina Ricci atiri idişiga joylangandi. Keyin bu idiş Skripallar uyida qoldirilgan.



















