Jahon | 13:00 / 07.09.2018
43200
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda politsiya serjanti o‘z boshlig‘ini otib tashladi

Foto: Uralskaya nedelya

Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi Chapayevo qishlog‘ida politsiya serjanti vzvod komandirini otib o‘ldirdi. Bu haqda «Moy gorod» mintaqaviy portali Akjayik tumani hokimi Odil Jo‘lamanovga asosan xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea payshanba, 6 sentabr kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan.

«Hammasi IIB hovlisida sodir bo‘ldi. Xodim o‘z boshlig‘i - vzvod komandirini otib o‘ldirdi. Tergov ishlari boshlandi», - deya ma'lum qildi Jo‘lamanov.

Uning ta'kidlashicha, serjant hozirgi vaqtda qo‘lga olingan.

Viloyat politsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, vzvod komandiri shifokorlar kelishidan oldin hayotdan ko‘z yumgan.

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lgan vzvod komandiri 29 yoshda, serjant esa - 24 yoshda bo‘lgan. Ularning o‘rtasidagi mojaro sababi hozircha noma'lum.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid