Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lishga asosiy da'vogar nomzod Jair Bolsonaru pichoq bilan hujum qilinishidan yaralangandan keyin saylovoldi kampaniyasini gospitalda qolgan holda internet orqali olib boradi. Bu haqda Braziliya Sotsial-liberal partiyasi prezidenti Gustavu Bebiannu ma'lum qildi.
Bolsonaruga Juiz-di-Foru shahridagi saylovoldi namoyishi vaqtida pichoq bilan jarohat yetkazilgandi. U operatsiya qilingan. Siyosatchi hozirda San-Pauludagi shifoxonaga o‘tkazilgan.
“Uning safarlari jadvali bekor qilindi. Saylovoldi kampaniyasi videoga yozib olingan holda internet orqali olib boriladi”, deb ma'lum qilgan Bebiannu.
Uning aytishicha, bir qator saylovoldi tadbirlarida Bolsonaruning o‘rnini u bilan birga vitse-prezident lavozimi uchun borayotgan general Xamilton Mouran egallaydi.
Avvalroq shifokorlar Bolsonaru shifoxonada 7-10 kun qolishini ma'lum qilishgan. Uning shifoxonadan tashqari saylovoldi faoliyati kamida 20 kundan keyingina davom ettirilishi mumkinligi aytilgan.
Braziliya prezidenti saylovlari 7 oktabrda bo‘lib o‘tadi.















