Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Skripallarni zaharlagan shaxslar haqida ma'lumotga ega emasligini ma'lum qildi
Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kremlda Britaniya tomoni Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlayotgan shaxslar bo‘yicha hozircha ma'lumotlar yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kremlda «gumonlanuvchilar» haqida ma'lumot yo‘q. Uning qo‘shimcha qilishicha, tegishli ma'lumotlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ular tergov organlariga topshiriladi. Peskovning bildirishicha, Rossiya-Britaniya hamkorligi Skripallar ishini tergov qilishda yordam berishi mumkin.
«Biroq, siz bilasizlarki, Britaniya tomoni bunday hamkorlikni umuman rad etmoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Putinni Skripallarni zaharlashda ayblagandi.
Mavzuga oid
09:11
Ukraina dronlari Rossiyaning yirik neft zavodiga zarba berdi
08:46
RF dengiz tubiga yadroviy qurol joylashtirishi mumkinligi aytildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
21:56 / 20.05.2026